Huquqshunos, demokrat va siyosatchi: Jo Baydenning AQSh prezidentligi sari bosgan yo‘li

Sputnik

AQShda 3-noyabr kuni prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Prezident lavozimi uchun kurash amaldagi prezident, respublikachi Donald Tramp hamda demokrat Jozef Bayden o‘rtasida kechdi. 

Amerikaning yirik medialari prognozlariga ko‘ra, Bayden raqibi Trampni ortta qoldirib, saylovda g‘olib chiqqan. Uning o‘zi ham g‘alaba qozonganini ma’lum qilib, o‘zini Amerikaning yangi saylangan prezidenti deb e’lon qildi.

Tramp mag‘lubiyatni tan olmasligini ma’lum qildi. Uning fikriga ko‘ra, saylovlardagi ovozlarni hisoblash o‘z yakuniga yetdi deb hisoblash mumkin emas. U saylovchilar ovozini hisoblash yuzasidan sudga murojaat qilish niyatini tasdiqlagan. Zero, uning fikriga ko‘ra, saylovlar vaqtida demokratlar tomonidan ko‘plab qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilgan.

Jo Bayden AQSh prezidenti saylovlarida nomzodini bir necha bor ilgari suri, prezidentlik sari uzoq yo‘lni bosib o‘tdi.

1 / 12
Jo Bayden AQSh prezidenti saylovlarida nomzodini bir necha marta ilgari surgan.
2 / 12
Bayden 30 yoshga kirishidan bir necha kun oldin Delaver shtatidan senator etib saylangan va eng yosh senatorlardan biri bo‘lgan.
3 / 12
Bayden 36-yil senator bo‘lgan. 2009-yil Barak Obama prezidentligi davrida vitse-prezident bo‘lgan.
4 / 12
Vitse-prezident Jozef Bayden
5 / 12
Barak Obama va Jozef Bayden rafiqalari bilan.
6 / 12
Obama va Baydenlar
7 / 12
Xitoy raisi Si Szinpin AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden bilan shokolad yemoqda.
8 / 12
2011 yil AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Moskvaga tashrif buyurdi va o‘sha paytlar Rossiya bosh vaziri bo‘lgan Vladimir Putin bilan uchrashgan.
9 / 12
Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden bilan suhbatlashmoqda.
10 / 12
Jo Bayden rafiqasi bilan Umilmingtonda chiqish qilmoqda.
11 / 12
AQSh Demokratik partiyasidan nomzod, sobiq AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden tarafdoshlari bilan muloqot chog‘ida.
12 / 12
Jo Bayden tarafdorlariga murojaat qilmoqda