TOShKENT, 7 noya - Sputnik. Kecha 6-noyabr kuni soat 21:30 lar atrofida Toshkentning Yunusobod tumanidagi Amir Temur ko‘chasida bir necha avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda poytaxt IIBB.
Ma’lum bo‘lishicha, 31 yoshli haydovchi U.R. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 avtomobili 18 yoshli D.X. boshqaruvida bo‘lgan BMW avtomobili bilan to‘qnashgan. Oqibatda BMW boshqaruvni yo‘qotib 8ta avtomobilga shikast yetkazan. Ular orasida KIA Carnival, Spark, Matiz, Cobalt, Malibu va yana 3ta Captiva bor.
YTH oqibatida BMW haydovchisi tan jarohatlari ogan va tibbiy yordam uchun murojaat qilgan.
Dastlabki surishtiruvlarda ma’lum bo‘lishicha, YTH sababchisi Nexia-3 avtomobili bo‘lgan. U orqaga qaytib olish vaqti qarama-qarshi tomondan kelayotgan, harakat ustuvorligiga ega bo‘lgan BMW avtomobilini o‘tkazib yubormagan. YTH tafsilotlari hozircha o‘rganilmoqda.