Yunusoboddagi mudhish YTHda 16 yoshli bola vafot etdi

Toshkent shahar Yunusobod tumanida yirik YTH natijasida voyaga yetmagan shaxs vafot etdi. YTHning taxminiy sababi: “Nexia-3” avtomobili haydovchisi svetoforning taqiqlovchi belgisiga qaramay harakatni davom ettirgan.
Sputnik

TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Toshkent shahar Yunusobod tumanida yirik YTH natijasida voyaga yetmagan shaxs vafot etdi. Bu haqida Toshkent shahar IIBB xabar qildi.

5 noyabr kuni soat 21.00 da Bog‘ishamol va Ch. Aytmatov ko‘chalari kesishmasida “Nexia-3” (davlat raqami 01 W 388 GB) rusumli avtomobilni tegishli hujjatlarsiz boshqarib borgan 16 yoshli A. B. 20 yoshli Abdulfozil A. boshqaruvidagi “Spark” (davlat raqami 01 Y 739 UA) rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan. YTHning taxminiy sababi: “Nexia-3” avtomobili haydovchisi svetoforning taqiqlovchi belgisiga qaramay harakatni davom ettirgan.

Yunusoboddagi mudhish YTHda 16 yoshli bola vafot etdi

“Nexia-3” avtomobili haydovchisi YTH oqibatida yetgan tanadagi shikastlar tufayli voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. YTH tafsilotlarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.