Xususiy bandlik agentliklari faoliyatiga qator o‘zgarishlar kiritildi

Xususiy bandlik agentliklari tomonidan ko‘plab qoidabuzarliklar qayd etilayotgani sababli ularning faoliyatiga jiddiy o‘zgarishlar kiritildi.
Sputnik

TOShKENT, 6 noya - Sputnik. O‘zbekistonda 14-noyabrdan boshlab xususiy bandlik agentliklari faoliyatiga jiddiy o‘zgarishlar kiritiladi. Bu haqida Toshkentdagi Monomarkazda bo‘lib o‘tgan tadbirda ma’lum bo‘ldi.

Yangi tartibga ko‘ra, xususiy bandlik agentliklari faoliyatidi quyidagilar o‘zgaradi:

  • Agentliklar ish qidirayotgan shaxslargadan haq undirmaydi;
  • Xizmat haqini ish beruvchi to‘lab beradi;
  • Agentlik xizmat haqi - BHMning bir baravaridan oshmaydi;
  • Agentliklar Jamg‘armaga to‘laydigan zaxira mablag‘i miqdori 8500 BHM bo‘ldi
  • Agentlik va fuqaro orasidagi shartnoma labormigration.uz axborot tizimida ro‘yxatga olinadi

Mehnat migratsiyasi muammolariga bag‘ishlangan tadbirda ma’lum bo‘lishcha, bugungi kunda O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklari faoliyatida ko‘plab qonunbuzarliklar aniqlangan. Xususan, 9338 nafar fuqarolarda 79 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ noqonuniy yig‘ib olgani qayd etilgan. 11ta bandlik agentligining 51 nafar xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.