TOShKENT, 5 noya — Sputnik. 2020-yil 9 oyi davomida O‘zbekiston 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 19,8 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 13,8 mlrd. dona atirgul eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,8 mln. AQSh dollariga (7,9 mlrd. dona atirgulga) oshgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 9 oy mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p atirgul eksport qilgan davlatlar:
Qirg‘iz Respublikasi – 19,5 mln.
Rossiya – 135,8 ming
Qozog‘iston – 120,7 ming
Tojikiston – 60,5 ming
Turkiya – 8,9 ming AQSh dollari
Andijon (32,3 %) va Namangan (22,1 %) viloyatlari respublikadagi jami atirgul eksportida 55 % ulushga ega.
2020 yil 9 oyida hududlar orasida Andijon viloyati eng ko‘p ya’ni, qiymati 6,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 3,8 mlrd. dona atirgul eksport qilgan.