TOShKENT, 5 noya — Sputnik. AQSh Demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Jo Bayden amaldagi prezident Donald Trampdan hukumat topshirilishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun “o‘tish davri saytini” ishga tushirdi. Biroq u hali saylovchilar hay’atining (Electoral College) yetarli bo‘lgan 270 ta ovozini to‘plamagan.
“Amerika xalqi AQShning keyingi prezidenti kim bo‘lishini aniqlaydi. Mamlakatning bir necha shtatlarida hozirgacha ovozlar hisoblab chiqilmoqda. Mamlakat yuz tutgan inqiroz jiddiy – pandemiyadan iqtisodiy tanazzulgacha, iqlim o‘zgarishidan irqiy adolatsizlikkacha. Bayden-Xarris ma’muriyati ishga birinchi kun kirisha olishi uchun o‘tish davri jamoasi to‘liq tayyorlanmoqda”, - deyiladi sayt bayonotida.
Saytda faqat bitta xabar va Baydenning suratini ko‘rish mumkin.
Sloveniya bosh vaziri Trampni AQSh prezidenti lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi
Yetakchi Amerika telekanallarining hisob-kitobiga ko‘ra, prezident saylovlarida Bayden yetakchilik qilmoqda. Uzil-kesil g‘alaba uchun yana saylovchilar hay’atining oltita ovozini olishi zarur. Tramp shtabi ovozlarni qayta sanashni talab qilmoqchi.