Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keladi

Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi.
Sputnik

TOShKENT, 4 noya — Sputnik. 2020-yilning 5-6 noyabr kunlari kunlari Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tashrif dasturida Hukumat, tashqi ishlar, investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklarida hamda boshqa idoralarda uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. 

Bo‘lajak muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati hamda rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.