Tramp undan saylovdagi g‘alabani o‘g‘irlashlariga yo‘l qo‘ymasligini aytdi

O‘z navbatida, AQSh Demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Jo Bayden amerikaliklarga telemurojaatda saylovda g‘alaba qozonishiga ishonchi komilligini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 4 noya — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp undan saylovlardagi g‘alabani o‘g‘irlashga urinishayotganini ma’lum qildi.

“Biz katta ko‘tarilishdamiz, lekin ular saylovlarni o‘g‘irlashga urinishmoqda. Biz ularga hech qachon bunday qilishga imkon bermaymiz”, - deya yozdi Tramp Twitterʼda.

Tramp vs Bayden: Oq uyga da’vogarlar haqida ma’lumotlar

Shuningdek, u uchastkalar yopilgandan keyin ovoz berish mumkin emasligini ta’kidladi.

O‘z navbatida, AQSh Demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Jo Bayden amerikaliklarga telemurojaatda saylovda g‘alaba qozonishiga ishonchi komilligini ma’lum qildi.

Bayden saylov natijalari “chorshanba kuni ertalab yoki undan kechroq ham” ma’lum bo‘lmasligini qo‘shimcha qildi.

3 noyabr kuni AQShda prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Hozirda ayrim shtatlardagi ovozlar hisoblanmoqda.