Sirdaryoda yangi IES qurilishi boshlandi

IES ishlayotganda tabiiy gazning yillik tejamkorligi 2,0 milliard kub metrni, elektr energiyasi ishlab chiqarish esa 10,0 milliard kilovatt soatni tashkil qiladi.
Sputnik

TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Xitoyning China Gezhouba Group Corporation (CGGC) kompaniyasi Sirdaryo viloyatida quvvati 1500 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasining (IES) qurilishini boshladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, hozir qurilish maydonchasida obyektni qurish uchun yer maydonini tayyorlash ishlari boshlandi. IES ishlayotganda tabiiy gazning yillik tejamkorligi 2,0 milliard kub metrni, elektr energiyasi ishlab chiqarish esa 10,0 milliard kilovatt soatni tashkil qiladi.

Sirdaryoda yangi IES qurilishi boshlandi

Elektr stansiyasi Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani va Shirin shahrida joylashadi.

Loyiha Yaponiyaning MHPS kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, foydali ish koeffitsiyenti 60 foizdan yuqori bo‘lgan eng zamonaviy kombinatsiyalangan sikllardan foydalanishni nazarda tutadi.