TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Adham Bekmurodov O‘zbekiston prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari – prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati xabar qildi.
Bekmurodov ushbu lavozimga prezidentning tegishli farmoniga muvofiq tayinlandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktoriga o‘rinbosarlar tayinlandi
Bunga qadar u “El-yurt umidi” jamg‘armasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.