Niderlandiyada haykal poyezdni halokatdan qutqarib qoldi – video

Niderlandiyaning Speykenisse shahrida “Kitlar dumi” haykali metro poyezdining suvga qulashidan saqlab qoldi.
Sputnik

Speykenisse shahrida metro poyezdi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida stansiyadagi to‘siqlardan o‘tib, kanaldan 10 metr balandlikda kitlarning dumlari aks etgan ulkan haykallarda turib qoldi.

Haydovchi poyezdni bir amallab tark etishga muvaffaq bo‘lgan, yo‘lovchilar esa bu paytda poyezdda bo‘lishmagan.

“Kitlar dumi” haykali golland arxitektori Maarten Struys tomonidan poliestrdan yasalgan. U 2002-yilda metro stansiyasi yo‘lining oxiridagi suv havzasiga o‘rnatilgan.