O‘zbekiston va Qozog‘iston sanoat sohasida 22 ta loyihani amalga oshiradi

Qozog‘iston hukumati delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning Qozog‘iston bosh vazirining o‘rinbosari Roman Sklyar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 3 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston sanoat kooperatsiyasi sohasida 22 ta aniq loyihalarni amalga oshiradi. Bu ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasida ko‘zda tutilgan. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Tegishli hujjat Qozog‘iston hukumati delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida imzolandi. Uni O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Qozog‘iston bosh vazirining o‘rinbosari Roman Sklyar imzoladi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston sanoat sohasida 22 ta loyihani amalga oshiradi

Uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish bo‘yicha o‘zaro aloqalarning borishi atroflicha ko‘rib chiqildi - mashinasozlik, agrosanoat majmuasi, chorvachilik, yengil, farmatsevtika va oziq-ovqat sanoati sohalarida ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha qo‘shma investitsiyaviy loyihalari sonini ko‘paytirish bo‘yicha keyingi qadamlar belgilab olindi.

Imzolangan hujjatlar ijrosinining muntazam monitoringini olib boradigan va ularning to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan aniq takliflar kiritadigan qo‘shma ishchi guruhini tuzish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Roman Sklyar boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgani xabar qilingan edi.