TOShKENT, 3 noya - Sputnik. Avstriya poytaxti Venada kecha sodir bo‘lgan otishma qurbonlari 2 kishiga yetdi, deb xabar qilmoqda Russia Today shahar meri Mixael Lyudvigga asosan.
"Otishmada halok bo‘lgan erkakdan tashqari yana bir yaralangan ayol kishi vafot etdi", — dedi Lyudvig.
Avstriya konsleri Sebastyan Kurs bo‘lib o‘tgan voqeani "terakt" deb baholadi va uning oqibatida 15 kishi jarohat olganini ta’kidladi.
2 noyabr tunda Venadagi Shvedenplats maydonidagi sinagoga va yahudiylar markaziga bir necha qurollangan kishilar hujum uyushtirdi.Terrorchilardan birida xudkush-kamari bo‘lgani ta’kidlanmoqda. Shuningdek politsiya bir nafar terrorchini yo‘q qilgan.
Ayni damda Avstriya poytaxtida keng ko‘lamli politsiya operatsiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Politsiya voqea joyida olingan videolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslikka chaqirmoqda.