Turkiston-Chimkent-Toshkent tezurar temir yo‘li qurilishi muhokama qilindi

O‘zbekiston va Qozog‘iston ikki mamlakat yirik shaharlari o‘rtasida xalqaro avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yish, Turkiston – Chimkent – Toshkent tezurar temir yo‘li qurilishini muhokama qildi.
Sputnik

TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Turkiston-Chimkent-Toshkent tezurar temir yo‘lini qurish rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

O‘zbekiston va Qozog‘iston sanoat sohasida 22 ta loyihani amalga oshiradi

O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Qozog‘iston bosh vazirining o‘rinbosari Roman Sklyar transport kommunikatsiyalarini rivojlantirishda strategik sheriklikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashni muhokama qildi.

“O‘zbekiston va Qozog‘iston yirik shaharlari o‘rtasida xalqaro avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yish, Turkiston – Chimkent – Toshkent tezurar temir yo‘li hamda “Uchquduq – Qizilo‘rda” transport yo‘lagi qurilishi muhokama qilindi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston aviakompaniyasiga Aqtau – Urganch yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarga ruxsat berilgani xabar qilingan edi.