Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktoriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Umida To‘xtasheva va Tal’atjon Haydarov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Sputnik

TOShKENT, 3 noya — Sputnik.  Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktoriga o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan:

  • Umida To‘xtasheva Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining o‘rinbosari — Jamoatchilik bilan aloqalar, murojaatlar bilan ishlash va xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i etib;
  • Tal’atjon Haydarov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining o‘rinbosari – Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tahlil va monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar To‘xtasheva Toshkent davlat yuridik universitetining Jinoiy odil sudlov fakulteti dekani lavozimida, Haydarov O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ichki xavfsizlikni ta’minlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.