Dunyo, ehtiyot bo‘l, o‘zbekistonlik jangchilar kelmoqda - Xavyer Mendes

Mendez O‘zbekistonni o‘zining sevimli joylaridan biri deb atadi va bu yerdai u o‘zini o‘z uyidagidek his qilayotganini aytib o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 3 noya - Sputnik. MMA - aralash jang san’atida eng ko‘p chempion tarbiyalagan, Habib Nurmagomedovning ustozi - Xavyer Mendes O‘zbekistonda ochiq mashg‘ulot o‘tkazdi.

Dunyo, ehtiyot bo‘l, o‘zbekistonlik jangchilar kelmoqda - Xavyer Mendes

Mashg‘ulotdan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Mendez O‘zbekistonda MMA uchun juda qulay sharoitlar yaratilganini va bu yerda juda yaxshi trenerlar borligini qayd etdi. 

“O‘zbekistonlik sportchilar AKA (Amerikan Kickboxing Academy) borib o‘rganishga zarurat yo‘q. Sizlarda boks bo‘yicha jahon chempionlari, dzudo bo‘yicha jahon chempionlari miqyosidagi murabbiylar bor. Endi asosiy vazifa ularni birlashtirib, bir joyda mashg‘ulot o‘tkazishdir”, - dedi Mendez.

Instagramda qoldirgana postda Mendez O‘zbekistonni o‘zining sevimli joylaridan biri deb atagan va yaqinda dunyo kuchli o‘zbek jangchilarini ko‘rishi haqida ogohlantirgan.

Dunyo, ehtiyot bo‘l, o‘zbekistonlik jangchilar kelmoqda - Xavyer Mendes

“Men hozir o‘zimning sevimli joylarimdan biri– O‘zbekistondaman. MMAning bo‘lajak chempionlari bilan ishlash menga yoqdi. Dunyo, ehtiyot bo‘l - MMA kamarlariga da’vogar o‘zbekistonlik jangchilar kelmoqda”, - deb yozib qoldirgan o‘z instagramida Mendez.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda MMA asotsiatsiyasi 2019-yilning 23-oktabrida tashkil qilingan, assotsiatsiya prezidenti etib Otabek Umarov tayinlangan edi.