O‘zbekistonda eng arzon va qimmat osh qayerda

Davlat statistika qo‘mitasi mamlakatning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (osh markazlari)da kuzatuv o‘tkazdi.
Sputnik

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. O‘zbekiston viloyat markaziy hududlari kesimida tayyor palovning o‘rtacha narxlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Davlat statistika qo‘mitasi mamlakatning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (osh markazlari)da kuzatuv o‘tkazgan.

Kuzatuv natijalari bo‘yicha palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:

O‘zbekistonda eng arzon va qimmat osh qayerda

Eng qimmat osh Toshkent shahrida (18 880 so‘m), eng arzon osh esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida (13 883).

Narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi.

Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.