Zahiriddin Muhammad Bobur haqida film suratga olinmoqda

Mazkur filmda ulug‘ sarkarda Bobur Mirzoning tug‘ilishi va unga Bobur ismining berilishi ilohiy sabablari haqida so‘z boradi.
Sputnik

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Ulug‘ sarqarda Zahiriddin Muhammad Bobur haqida “Yo‘lbarsning tug‘ilishi” nomli qisqa metrajli filmning tasvirga olish ishlari boshlandi. Film “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan suratga olinmoqda.

Film ssenariysi taniqli adib Xayriddin Sultonovning shu nomli hikoyasi asosida yaratilgan. Mazkur filmda temuriyzoda Zahiriddinning tug‘ilishi va unga Bobur ismining berilishi ilohiy sabablari haqida so‘z boradi. Umarshayx Mirzoning o‘g‘il farzand ko‘rish orzusi va Bobur Mirzoning dunyoga kelishi bilan bog‘liq tarixiy voqealar filmda badiiy to‘qimalar yordamida ochib beriladi.

Zahiriddin Muhammad Bobur haqida film suratga olinmoqda

“Yo‘lbarsning tug‘ilishi” tarixiy-badiiy filmida Elbek Fayziyev, Boir Xolmirzayev, Tamara Hazratqulova, Marjona O‘ljayeva, Ma’ruf Otajonov, Madina Odilova, Daler Timurov, Abdurahmon Ochilov kabi mahoratli aktorlar rol ijro qilmoqda.