Olimlar koronavirusga qarshi antitanachalarning saqlanish muddatini aniqladi

Mutaxassislar koronavirusning yengil yoki o‘rta shaklda boshidan o‘tkazgan 30 mingdan ziyod bemorlarning ma’lumotlarini o‘rganishdi.
Sputnik

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Koronavirus infeksiyasidan tuzalganlarda antitanachalar bir necha oy davomida saqlanib qolinadi. Bu haqda “Science” nashri amerikalik olimlar tadqiqotiga tayangan holda yozmoqda.

Koronavirus yuqtirib olish xavfini besh baravar kamaytiruvchi omil aytildi

Mutaxassislar koronavirusning yengil yoki o‘rta shaklda boshidan o‘tkazgan 30 mingdan ziyod bemorlarning ma’lumotlarini o‘rganishdi. Natijada ishtirokchilarning hammasida virusga nisbatan barqaror immun javob borligi aniqlandi.

So‘ngra olimlar ulardan 121 nafarining tahlil namunalarini tanlab olib, kuzatishda davom etishdi. Natijada olimlar organizmda barqaror antitanachalar besh oy davomida saqlanib qolganini aniqlashdi.

Shu bilan birga, tadqiqot mualliflari antitanachaning borligi koronavirusdan to‘liq himoyani kafolatlamasligini ta’kidlashmoqda, ammo yana bir marta yuqtirib olish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.