Koronavirus: O‘zbekistonda yana 98 kishi kasallandi

O‘zbekistonning oltita hududida yana 98 kishida koronavirus aniqlandi. Shu bilan birga bir bemor vafot etdi.
Sputnik

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. O‘tgan tun davomida O‘zbekistonda yana 98 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 67 254 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Koronavirus yuqtirib olish xavfini besh baravar kamaytiruvchi omil aytildi

Yangi kasallanganlarning 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 12 nafari Andijon viloyatida, 5 nafari Samarqand viloyatida, 11 nafari Sirdaryo viloyatida, 5 nafari Surxondaryo viloyatida, 62 nafari Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 571 nafarni tashkil etmoqda.

Shu paytga qadar 64 466 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (96 foiz) sog‘aygan. Hozir mamlakatda 2 217 nafar bemor davolanmoqda.