Kim Chen Inga “sobiq sevgilisi” hamrohlik qilmoqda - OAV

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga rasmiy tadbirlarda “sobiq sevgilisi" Xon Son Vol hamrohlik qilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Sobiq xonanda va bir nechta musiqiy ansambllarning rahbari Xon Son Vol, u go‘yo Kim Chen Inning sevgilisi bo‘lgan, rasmiy tadbirlarda ko‘pincha davlat rahbariga hamrohlik qilmoqda. Bu haqda The Times yozmoqda.

OAVlar Kim Chen Inning rafiqasi g‘oyib bo‘lgani haqida xabar qildi

Janubiy Koreya OAVlari Kim Chen In bilan birgalikda uning "sobiq sevgilisi" rasmiy tadbirlarda tez-tez ishtirok etayotganiga e’tibor qaratdi: 10-oktabr kuni Koreya Ishchilar partiyasining 75-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan paradda u KXDR rahbariga sovg‘a qilingan gullarni qabul qildi, shuningdek, 14-oktabr kuni qator qurilish maydonchalariga tashrif buyurganda unga hamrohlik qildi.

Shu bilan birga, Shimoliy Koreya yetakchisining raqifasi Li Sol Chun yanvardan beri jamoatchilik oldida ko‘rinish bermayapti.

Xon Son Vol - 2017-yilda Markaziy Qo‘mitasining a’zosi bo‘ldi va 2018-yilda esa KXDR delegatsiyasi tarkibida Janubiy Koreyaga tashrif buyurib, Pxonchxandagi Qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida Birlashgan Koreya bayrog‘i ostida birgalikda chiqish to‘g‘risida muzokaralar olib borgandi.