COVID-19 bilan kasallangan kishi bilan muloqot qilgan JSST rahbari o‘zini yakkaladi

Tedros Adxanom Gebreyesus koronavirus bilan kasallangan kishi bilan muloqotda bo‘lgani sabab o‘zini o‘zi yakkalash tartibiga rioya qilishini ma’lum qildi
Sputnik

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus koronavirus bilan kasallangan kishi bilan muloqotda bo‘lgani sabab o‘zini o‘zi yakkalash tartibiga rioya qilishini ma’lum qildi. Bu haqda u Twitter᾽da yozdi.

JSST: niqob taqish Markaziy Osiyo mintaqasida 200 mingdan ziyod hayotni saqlashga imkon beradi

Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, u o‘zini yaxshi his qilmoqda va unda kasallikning hech qanday alomati yo‘q.

“JSST bayonnomalariga muvofiq, bir necha kun o‘zimni yakkalayman va uydan turib ishlayman”, - deya ma’lum qildi tashkilot rahbari.

Shuningdek, u koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish talablarini qat’iy bajarish zarurligini ta’kidladi.

“Aynan shunday biz COVID-19 yuqishi zanjirini uzamiz”, - dedi u.

Koronavirus pandemiya boshlangandan buyon dunyoda 46 milliondan ziyod kishi kasallandi. 1,18 milliondan ziyod kishi vafot etdi.