AQSh maxsus xizmat sobiq xodimi Snouden Rossiya fuqaroligini olishga ahd qildi

AQSh Milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi Edvard Snouden Rossiya fuqaroligini olishga ahd qildi. Bundan avval uning advokati Anatoliy Kucheren Snouden ota bo‘lishi va tug‘ilgan joyi bo‘yicha bola Rossiya fuqaroligini olishini ma’lum qilgandi.
Sputnik

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. AQSh Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden Rossiya fuqaroligini olishga qaror qildi, bu haqda u Twitter’dagi sahifasida yozdi. RIA Novosti xabariga asosan.

"Ko‘p yillar davomida ota-onalarimizdan alohida yashaganimizdan so‘ng ayolim bilan o‘g‘limizdan ham ajralishni istamadik. Mana shuning uchun, pandemiya va chegaralarning yopilishi fonida Rossiya-AQSh ikki davlat fuqaroligini olish uchun ariza topshirmoqchimiz", - deb yozgan Snouden.

Shu bilan birga, u farzandini Amerika qadriyatlari, xususan, o‘z fikrini erkin bildirish ruhida tarbiyalashini ta’kidladi.

Snouden shuningdek, AQShga qaytib, oilasi bilan birlashishni orziqib kutayotganini qo‘shimcha qildi.

Bundan avval uning advokati Anatoliy Kucheren Snouden ota bo‘lishi va tug‘ilgan joyi bo‘yicha bola Rossiya fuqaroligini olishini ma’lum qilgandi.

2013 yil iyun oyida Edvard Snouden Amerika razvedka xizmatlari tomonidan fuqarolarni kuzatib borish usullarini haqida hujjatlarni The Guardian va The Washington Post gazetalariga topshirdi, shuningdek, dunyo rahbarlarining telefon so‘zlashuvlarini eshitish tafsilotlarini ma’lum qildi.

Maxfiy ma’lumotlar oshkor qilingandan so‘ng Snouden Gonkongga keldi, keyinchalik Moskvaga etib keldi va u yerda boshpana oldi.

2014 yil avgust oyida AQSh fuqarosi uch yillik yashash uchun guvohnoma oldi. 2017-yil yanvar oyida yashash guvohnomasi 2020-yilgacha uzaytirildi. AQSh hukumati sobiq agentni josuslikda ayblashdi.