Ko‘mirdan tappi tayyorlayotgan bog‘cha tarbiyachilari haqidagi xabarga izoh berildi

Andijon va Samarqand viloyatlaridagi bog‘cha tarbiyachilarining ko‘mirdan qo‘lbola briket (tappi) tayyorlayotgan jarayoni aks etgan fotosuratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamaga sabab bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatidagi maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari sifatsiz ko‘mirdan briket (tappi) tayyorlayotgani aks etgan foto tarqalgan edi. Maktabgacha ta’lim vazirligi ushbu xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

“Ushbu holat Samarqand viloyati Tayloq tumanidagi 30-sonli maktabgacha ta’lim muassasida bo‘lgan. Ushbu muassasaga 11 tonna ko‘mir keltirilgan. Ana shu ko‘mirning 400-500 kilogrami maydalangan, sifatsiz ko‘mir shaklida bo‘lgan va shu sababli xodimlar tomonidan shu holatda tayyorlangan”, - dedi maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari Shodiyor Mamatqulov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bog‘cha direktori ko‘mirni uvol qilmaslik maqsadida o‘z ixtiyorlari bilan qo‘lbola briketlarni yasagani ma’lum bo‘lgan.

“Maktabgacha ta’lim muassasasi direktori ko‘mirni uvol qilmaslik maqsadida o‘z ixtiyorlari bilan qo‘lbola briketlarni yasagani ma’lum bo‘ldi”, - deya qo‘shimcha qildi Mamatqulov.