Aliyev Yerevanga Qorabog‘ masalasida “oxirigacha borish” bilan tahdid qildi

Ozarbayjon prezidenti Armaniston qurolli kuchlarining Qorabog‘dan olib chiqilishi qisqa muddatda muzokaralar yo‘li bilan ta’minlanishi lozimligini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston qurolli kuchlarining Qorabog‘dan olib chiqilishi qisqa muddatda muzokaralar yo‘li bilan ta’minlanishi lozimligini ma’lum qildi. Aks holda Boku “oxirigacha boradi”.

Urushga sabab bo‘lgan qarama-qarshilik - Aliyev va Pashinyan bilan parallel intervyu

“Ammo umid qilamanki, bu jarayon uzoqqa cho‘zilmaydi, chunki biz 30-yil kutdik. Biz Armaniston qurolli kuchlari boshqa ishg‘ol qilingan hududlardan qisqa muddatda olib chiqilishi muzokaralar bilan ta’minlashinini istaymiz.  Aks holda, hududimiz yaxlitligini har qanday yo‘l bilan qayta tiklashni davom ettiramiz, avval aytganimdek, oxirigacha boramiz”, - dedi Aliyev Turkiya TIV rahbari Mevlyut Chavusho‘g‘li bilan uchrashuvda. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

“Oson ish”. AQSh nima sababdan Boku va Yerevanni yarashtira olmadi

Tog‘li Qorabog‘dagi to‘qnashuvlar 27-sentabr kuni boshlandi. Armaniston va Ozarbayjon bir-birini harbiy harakatlarni boshlashda ayblamoqda. Armaniston harbiy holat va umumiy safarbarlik joriy etdi. Ozarbayjon esa qisman harbiy holat va safarbarlik joriy etdi.

9 oktabr kuni Moskvaga Rossiya prezidenti taklifiga binoan Armaniston va Ozarbayjon TIV rahbarlari keldi. Ular rossiyalik hamkasbi bilan 10 soatdan ziyod muzokaralar o‘tkazishdi. Natijada Yerevan va Boku 10-oktabr soat 12:00 dan boshlab Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatishga, asirlar va halok bo‘lgan tanalari bilan o‘zaro almashishga kelishib oldi. Ammo 10-oktabr kuni tomonlar bir-birini kelishuvni buzishda aybladi.