O‘zbekistonda rahbarlar yoppasiga ozishni boshlaydi

Davlat organlari xodimlari va rahbarlar sport bilan muntazam shug‘ullanishadi. Bu haqda prezident farmoni qabul qilingan
Sputnik

TOShKENT, 31 okt - Sputnik. 2021 yil 1-yanvardan birinchi rahbarlar o‘zlarining semizlik darajasi va vazniga jiddiy e’tibor qaratadi. Prezidentning "Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.

Semizlikni qanday davolasa bo‘ladi? Parhezlar yordam bermaydi

Hujjatga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlarida sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida 2021 yil 1-yanvardan boshlab:

mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xodimga "Sport targ‘ibotchisi" qo‘shimcha vazifasini yuklash va uning ish haqiga 20 foiz miqdorda ustama belgilash yo‘lga qo‘yiladi;

ish vaqtidan so‘ng haftada kamida bir marta rahbar va barcha xodimlari jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari (yugurish, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish va boshqalar) bilan shug‘ullanishi ta’minlanadi;

Semizlikka qarshi kurashuvchi mahsulot aniqlandi

har shanba kuni soat 14:00 dan so‘ng xodimlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida ugurish, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish va boshqa sport turlari bo‘yicha ommaviy sport musobaqalari tashkil etiladi;

birinchi rahbarlar "Shaxsiy namuna" tamoyili asosida o‘zlarining antropometrik ko‘rsatkichlarini (semizlik darajasini, vazn indeksini kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash) yaxshilash orqali xodimlarning antropometrik ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.