O‘zbekistonda "propiska"ni endi onlayn rasmiylashtirish mumkin

Endilikda fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olish uchun Yagona portaldagi "Fuqarolik" turkumiga o‘tsangiz, bas.
Sputnik

TOShKENT, 31 okt - Sputnik. Toshkent shahri va viloyatida doimiy ro‘yxatdan o‘tishni onlayn rasmiylashtirish imkoniyati aratildi. Ushbu xizmat Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga (pasport idorasiga) bormasdan propiska olish imkoniyatini beradi.

"Propiska" to‘g‘risidagi qonunga muhim o‘zgartishlar kiritildi

Inson hayotiy sabablarga ko‘ra yangi yashash joyiga ko‘chib o‘tishi va har ko‘chganida u doimiy ro‘yxatga olish uchun migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga borishiga to‘g‘ri keladi.

Endilikda fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olish uchun Yagona portaldagi (my.gov.uz) "Fuqarolik" turkumiga o‘tsangiz, bas.

Mazkur xizmat orqali ko‘chmas mulk obyektiga egalik huquqi bir shaxsga tegishli bo‘lgan obyektlarga doimiy ro‘yhatga turish mumkin. Xizmatdan quyidagi toifalardagi fuqarolar foydalanishlari mumkin:

Oshayotgan nafaqalar, "propiska"dagi yangi tartib: 1-sentabrdan nimalar o‘zgaradi?

1) Qonun hujjatlariga muvofiq olingan uy-joyga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — xususiy mulk qilib olingan uy-joyga.

2) Toshkent shahrida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolar — ular Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boshqa manzilga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda.

3) Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolar — ular Toshkent viloyatida boshqa manzilga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda.

Xizmat avtomatlashtirilgan va 1 ish kunida taqdim etiladi.

Xizmatni taqdim etish narxi – BHMning 2%, Yagona portal orqali xizmat ko‘rsatilganda esa dastlabki narxdan 10% arzondir.