Alvido, janob Bond! Aktor Shon Konneri vafot etdi

Britaniyalik aktor, Bond roli bilan shuhrat qozongan afsonaviy Shon Konneri 90 yoshida vafot etdi. Konneri hayoti davomida 70dan ortiq kartinalarda suratga tushgan
Sputnik

TOShKENT, 31 okt - Sputnik. Jeyms Bond roli bilan butun dunyoga mashhur bo‘lgan britaniyalik aktor Shon Konneri 90 yoshida olamdan o‘tdi, deb xabar qildi Independent nashri.

Britaniyalik aktor va produser ser Shon Konneri 1930-yilning 25-avgustida Shotlandiyaning Edinburg shahrida dunyoga kelgan. Konneri 70dan ziyod kartinalarda suratga tushgan, ammo u eng avvalo "bondiana"dagi rollari tufayli mashhurlikka erishgan edi.

Konneri - "Oskar" mukofoti laureati, ikki karra BAFTA mukofoti sovrindori, uch marta "Oltin globus"ni qo‘lga kiritgan.