Rossiya Mudofaa vazirligi yangi raketaga qarshi mudofaa tizimi (PVO) ishga tushirilishi aks etgan videoni e’lon qildi.
Harbiy-kosmik kuchlar raketaga qarshi mudofaa bo‘limi qo‘mondoni general-mayor Sergey Grabchuk yangi raketaga qarshi raketa o‘z xususiyatlarini tasdiqlaganini va jangovar vazifani muvaffaqiyatli bajarilganini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, raketaning avvalgi sinovlari 2019-yil iyun va iyulda, 2018-yil fevral, iyul, avgust va dekabr va 2017-yil noyabr oylarida bo‘lib o‘tgandi.