MDH shtab qo‘mondonlari Samarqandda yig‘ilishdi

Samarqandda MDH shtab qo‘mondonlari hamdo‘stlik chegeralari doirasida yuzaga kelayotgan harbiy-siyosiy vaziyatni muhokama qilishadi.
Sputnik

TOShKENT, 30 okt - Sputnik. MDH davlatlari Qurolli kuchlari shtab boshliqlari bugun 30-oktabr kuni Samarqandda to‘planib, Hamdo‘stlik chegeralari yaqinidagi harbiy-siyosiy vaziyatni muhokama qilishadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligiga asosan.

“2020 yilning 30-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Samarqand shahrida Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i armiya generali Valeriy Gerasimov boshchiligida MDH davlatlari Qurolli kuchlari shtab boshliqlarining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi”, - deyilgan xabarda.  

Majlisda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya,  Tojikiston va O‘zbekiston armiyalari shtab boshliqlari ishtirok etadi. Undan tashqari yig‘ilishda MDH Ijroiya qo‘mitasi  delegatsiyalari hamda MDH Mudofaa vazirlari Kengashi Kotibiyati delegatsiyasi ishtirok etadi.  

Xabarda aytilishiga ko‘ra, “delegatsiya rahbarlari xavfsizlik va mudofaa borasida o‘zaro qiziqarli ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarini muhokama qilishadi, hamda MDH chegeralari doirasida yuzaga kelayotgan harbiy-siyosiy vaziyatni muhokama qilishadi”.