Kardashyan tug‘ilgan kunini dabdabali nishonlagani uchun tanqidga uchradi

Pandemiya davrida tug‘ilgan kunini dabdabali nishonlagani uchun teleyulduz Kim Kardashyan internetda tanqidga uchradi.
Sputnik

TOShKENT, 30 okt — Sputnik. O‘tgan hafta 21-oktabr kuni amerikalik teleboshlovchi, supermodel, aktrisa Kim Kardashyan o‘z yubileyini nishonladi. U 40 yoshni qarshiladi.

U tug‘ilgan kuni nishonlash maqsadida xususiy orolni ijaraga olib, dabdabali bazm uyushtirdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Tadbirda Kendall, Xloi va Kortni singillari, onasi Kris Jenner, oilaning yaqin do‘sti, Fay Xadra, biznesmen Saymon Xuk va boshqalar mehmon bo‘ldi.

Kardashyan bazmda tasvirga olingan suratlar bilan ijtimoiy tarmoqlarda o‘rtoqlashdi.

Instagramda Kim Kardashianning bayramona posti 5,3 milliondan ortiq "layk" to‘plaganiga qaramay, ko‘plab foydalanuvchilar koronavirus pandemiyasi vaqtida dabdabali bazm qilgani uchun uni tanqid qilishdi.