Rossiyada Charlie Hebdo singari jurnal paydo bo‘lmaydi - Kreml

Kreml Charlie Hebdo singari jurnal Rossiyada paydo bo‘lmasligiga ishonadi - prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Sputnik

TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Muhammad payg‘ambarning karikaturalari tufayli Fransiyada zo‘ravonlik avj olishi yuzasidan munosabat bildirdi.

"Rossiyada Charlie Hebdo singari jurnal paydo bo‘lmaydi”, - deb ta’kidladi u. RIA Novosti xabariga asosan.

Charlie Hebdo Erdog‘anga chizilgan hajviy suratni e’lon qildi: Turkiya reaksiyasi

Peskov Rossiyada 20 millionga yaqin musulmon yashayotganini unutmaslikka chaqirdi, garchi mamlakatda xristianlik asosiy din bo‘lib qolmoqda.

"Aslida, mamlakatimizning o‘ziga xosligi aynan uning ko‘p millatli va ko‘p konfessiyaligida. Barcha konfessiyalar bir-biriga hurmat ko‘rsatib yashaydilar. Shuning uchun bunday nashrning bizda mavjud bo‘lishi mutlaqo mumkin emas, shu jumladan amaldagi qonunchiligimizni hisobga olgan holda", - deb qo‘shimcha qildi Peskov.

Jurnalistlar, Kremlga ko‘ra, Xudoga karikaturalar chiziq mumkinmi yoki yo‘qligini so‘rashdi, Peskov bu savolga javob bermadi.

"Gap shundaki, u shunchalik murakkab substansiyaki, uni muhokama qilishda biron bir rasmiy pozitsiya bilan qatnashish mumkin emas", - dedi u.

Shu bilan birga, matbuot kotibi  ta’kidlashicha, odamlarni o‘ldirish nojoiz bo‘lgani kabi, dindorlarning his-tuyg‘ularini haqorat qilish ham nojoiz.

"Ikkalasi ham mutlaqo nojoiz", - deb xulosa qildi Peskov.