O‘zbekistonda birinchi marta monolit yo‘l o‘tkazgichi qurilmoqda

Samarqand shahridan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining 1083 kilometrida yangi monolit yo‘l o‘tkazgichi qurilmoqda. Loyihaga ko‘ra, yo‘l o‘tkazgichning balandligi 5,5, uzunligi 110, kengligi esa 28,9 metrni tashkil etadi.
Sputnik

TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Samarqand shahridan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining 1083 kilometrida yangi monolit yo‘l o‘tkazgichi qurilmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yangi yo‘l o‘tkazgich “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Ko‘prikqurilishloyiha” unitar korxonasi hamda Rossiyaning yetakchi mutaxassislari bilan hamkorlikda tayyorlangan loyiha asosida barpo qilinmoqda.

Loyihaga ko‘ra, yo‘l o‘tkazgichning balandligi 5,5, uzunligi 110, kengligi esa 28,9 metrni tashkil etadi.

Ushbu yo‘l o‘tkazgich foydalanishga topshirilga,  bir soatda qariyb 600 ga yaqin, bir sutkada esa 14 mingta avtomobilni o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.

Ta’kidlanishicha, mazkur inshootni bunyod etishdan ko‘zlangan maqsad Samarqand shahrida transport infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda yangi qurilayotgan “Samarkand city” hududiga keladigan sayyohlar va fuqarolarga qulaylik yaratishdir.