Mirziyoyev Shimoliy iqtisodiy hamkorlik xalqaro forumida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev Koreya prezidentining taklifiga binoan Seul shahrida videoanjuman shaklida bo‘lib o‘tadigan Shimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etadi.
Sputnik

TOShKENT, 29 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-oktabr kuni Seul shahrida videoanjuman shaklida bo‘lib o‘tadigan Shimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etadi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda

Prezident ishtirokida Xitoy va Koreyaga eksport masalasi muhokama qilindi

Ishtirok etish taklifi Koreya prezidenti Mun Chje In tomonidan bildirilgan. Tadbir kun tartibidan koronavirus pandemiyasi oqibatlarini birgalikda yengib o‘tish va xalqaro sheriklikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Ta’kidlanishicha, davlat rahbari o‘z nutqida mintaqaviy siyosatning eng dolzarb masalalari va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollariga to‘xtalib o‘tadi.

Forum ishida O‘zbekiston va Janubiy Koreya yetakchilari bilan bir qatorda Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Mo‘g‘uliston prezidentlari va boshqalar ishtirok etadi.