Mahmud Murodovda koronavirus aniqlangani sabab uning jangi bekor qilindi

Murodov 31-oktabr kuni amerikalik Kevin Hollandga qarshi oktagonga ko‘tarilishi kerak edi. Biroq sportchining koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqan.
Sputnik

TOShKENT, 29 okt — Sputnik. UFC bilan shartnoma imzolagan ilk o‘zbekistonlik jangchi Mahmud Murodovning uchinchi jangi bekor qilindi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram᾽dagi sahifasida ma’lum qildi.

Muradov 31-oktabr kuni amerikalik Kevin Hollandga qarshi oktagonga ko‘tarilishi kerak edi.

“Afsuski, sizlarga noxush xabarni yetkazishimga to‘g‘ri kelmoqda. 31-oktabrdagi jangim bekor qilindi, chunki COVID19 ga topshirgan testim ijobiy natijani ko‘rsatdi”, - deya yozgan u.