Aqli zaiflikka olib keluvchi ish ma’lum qilindi

Bir guruh olimlar jismoniy mehnat turi va aqli zaiflik rivojlanishi o‘rtasidagi bog‘liqni aniqlashdi. Bunday xulosalar 1970-yildan boshlab 4 721 erkakni kuzatish natijasida olingan.
Sputnik

TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Daniyalik olimlar jismoniy mehnat turi va aqli zaiflik rivojlanishi o‘rtasidagi bog‘liqni aniqlashdi. Mutaxassislarning tadqiqot natijalari “Medicine & Science in Sports” jurnalida chop qilingan.

COVID “ispanka” grippiga nimasi bilan o‘xshaydi – infeksionist javobi

Olimlar og‘ir ish va sport bilan shug‘ullanish inson sog‘lig‘iga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini aniqlashgan. Ta’kidlanishicha, meyoridagi yuklamalar va mashqlar foydalidir. Shu bilan birga olimlar ma’lumotlariga ko‘ra, og‘ir jismoniy mehnat ichki organlarning, jumladan, miyaning ishdan chiqishiga olib keladi.

Mutaxassislar og‘ir mehnat aqli zaiflik rivojlanishi xavfini 55 foizga oshirishi haqidagi fikrga kelishgan.

Bunday xulosalar 1970-yildan boshlab 4 721 erkakni kuzatish natijasida olingan.

Olimlarning f ikriga ko‘ra, tadqiqot natijalari og‘ir jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchi xodimlar o‘rtasida aqli zaiflikning oldini olish masalasida ish beruvchilarning diqqatini jalb qilishi zarur.