"O‘zavtosanoat" transformatsiya qilinadi - prezident farmoni

Korxonalarni transformatsiya qilish jarayonlari bilan birgalikda, ular faoliyat yuritadigan sohada bozor munosabatlari tamoyillariga to‘liq o‘tish, raqobat muhitini shakllantirish hamda xususiy sektorni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Sputnik

TOShKENT, 28 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidentining "Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni bilan transformatsiya qilinadigan yirik davlat korxonalari va xo‘jalik birlashmalari ro‘yxati tasdiqlandi.

“O‘zavtosanoat” 32 ta dilerlik korxonasidagi o‘z ulushini sotadi

Ro‘yxatdan «Navoiy kon-metallurgiya kombinati", "O‘zbekneftgaz", "O‘ztransgaz", "Hududgazta’minot", "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari", "O‘zbekgidroenergo", "O‘zkimosanoat", "O‘zbekiston pochtasi", "O‘zbektelekom", "O‘zdonmahsulot", "O‘zavtosanoat", "Toshshahartransxizmat", "O‘zbekiston temir yo‘llari", Uzbekistan Airways, Uzbekistan Airports va boshqa korxonalar o‘rin olgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Davlat aktivlariini boshqarish agentligi 2020-yil 1-dekabrga qadar raqobat muhitiga ta’sir qiladigan imtiyoz va preferensiyalarni xatlovdan o‘tkazib, ularni bekor qilish bo‘yicha qaror loyihasini O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasiga kiritadi.

Korxonalarni transformatsiya qilish jarayonlari bilan birgalikda, ular faoliyat yuritadigan sohada bozor munosabatlari tamoyillariga to‘liq o‘tish, raqobat muhitini shakllantirish hamda xususiy sektorni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.