TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Saylovoldi tashviqoti boshlanganidan beri AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp ilk marta erini qo‘llab-quvvatladi. RIA Novosti xabariga asosan.
"U jangchi" va uni yana to‘rt yilga Oq uyda qoldirish kerak”, deb aytdi.
"Donald - jangchi, u bu mamlakatni yaxshi ko‘radi va u siz uchun har kuni kurashadi", - dedi AQSh prezidentining rafiqasi Pensilvaniya shtatidagi mitingda.
U o‘z nutqini koronavirusga chalinganida ko‘rsatilgan ko‘mak uchun minnatdorlik izhor etish bilan boshladi. "Biz Amerika ushbu kutilmagan muammoni yengib chiqishini bilamiz", - Melaniya Tramp.
Biroq turmush o‘rtog‘ining xizmatlarini sanab o‘tayotganda, tomoshabinlardan kimdir: "buning ustiga u yoqimtoy”, deb baqirganida, u jilmayib qo‘ydi va hech qanday ishora qilmasdan: "Qo‘shilaman", dedi.
Tadbir uchun yashil rangli harbiy uslubdagi ko‘ylakni tanlagan Melaniya, shuningdek, eri "jinsi va irqidan qat’i nazar Donald odamlarga yordam berishni yaxshi ko‘rishini", ta’kidladi.
"Boshlagan ishini oxiriga yetkazishi va mamlakatimiz gullab-yashnashida davom etishi uchun biz Donaldni Oq Uyda ushlab qolishimiz kerak", - deb qo‘shimcha qildi u.