Xitoy YeOII bilan savdoni kengaytirishga tayyor

Xitoyning tijorat vaziri rahbari o‘rinbosari o‘zaro investitsiyalar hajmini oshirib, biznes muhitini yaxshilash, ishlab-chiqarish, qurilish, infratuzilma, xizmat ko‘rsatish sohalarida hamkorlikni faol tarzda yaxshilashga chaqirdi
Sputnik

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Xitoy YeOII bilan savdoni kengaytirishga tayyor, deb xabar qildi XXR tijorat vaziri o‘rinbosari Van Shouven.

YeOII hududida migrantlar ishga joylashishlari uchun mobil ilova ishga tushiriladi

U "Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Xitoyning "Bir kamar, bir yo‘l" tashabbusiga bag‘ishlangan videoforumda chiqish qildi.

Vazir o‘rinbosari chiqishidan forum Telegram-kanali iqtibos keltirgan.

"Xitoy Ittifoq mamlakatlari bilan ishlashga, iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirishga, XXR ulkan bozorga egaligini hisobga olgan holda ikkiyoqlama savdoni kengaytirishga tayyor. Shuningdek, o‘zaro investitsiyalarni oshirish, biznes muhitni faol yaxshilash, ishlab-chiqarish, qurilish, infratuzilma, xizmat ko‘rsatish sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish muhim", - degan Shouven.

Uning fikricha, bu Xitoy - Yevropa kamari rolini kuchaytiradi. Xitoy - Yevropa temiryo‘l kamari institutsional mexanizmlari kiritilishini muhokama qilish, bir-birlarining istagini hisobga olgan holda bozorlar ochiqligini kengaytirish lozim.

Xitoy Yevroosiy mintaqasining gullab-yashnashi va eng yaxshi kelajagi uchun, qolaversa barcha chaqiriqlarni yengib o‘tish maqsadida Ittifoqning barcha mamlakatlari bilan ishlashga tayyor.