COVID yevro va Shengenni yo‘q qiladi - Jirinovskiy

Denejnie kupuri
Yevropa davlatlari COVID-19 tarqalishidan qo‘rqib, Yevropa Ittifoqidan voz kechishi mumkin - Vladimir Jirinovskiy.
Sputnik

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Yevropa davlatlari COVID-19 tarqalishidan qo‘rqib, Yevropa Ittifoqidan voz kechishi mumkin. Bu fikrni Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy "Rossiya 24" telekanali efirida aytdi.

Flagi stran-uchastnis YeAES
Xitoy YeOII bilan savdoni kengaytirishga tayyor

"Shengen zonasi qulaydi, chunki bir mamlakatdan boshqa davlatga kasallik olib kelishi Yevropa davlatlari aholisiga foyda keltirmaydi. Shuning uchun, ehtimol, chegara rejimlari qayta tiklanadi", - dedi Jirinovskiy.

Bundan tashqari, deputatning so‘zlariga ko‘ra, Yevropadagi davlatlar yaqin orada milliy valyutaga qaytishi mumkin.

"Ehtimol, yevro ham yo‘qolib ketadi. Ta’sir bo‘lmasligi uchun har bir mamlakatda odamlar o‘z valyutalarini ishlatsin", - deb qo‘shimcha qildi parlament a’zosi.