Qirg‘iz-tojik chegarasida yana mojaro yuz berdi

Tojik-qirg‘iz chegarasining belgilanmagan qismida boshlangan ishlar Qirg‘iziston chegarachilari talabiga ko‘ra to‘xtatildi.
Sputnik

TOShKENT, 26 okt - Sputnik. Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida navbatdagi mojaro sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Aziya Plyus Tojikiston xavfsizlik qo‘mitasiga asosan. 

Tojikiston va Qirg‘iziston chegara bilan bog‘liq kelishuvlarni OAVga bermaydigan bo‘ldi

Ma’lum bo‘lishicha, Isfara tumani Xo‘ja A’lo qishlog‘i aholisi eski suv quvurlarini yangisiga almashtirayotgan vaqtida 25-30 nafar qirg‘iz chegarachilari ularga yaqin kelib ushbu joy bahsli hudud ekanini aytib, ishni to‘xtatishni talab qilishgan va odamlar tomon o‘t ochgan. "Baxtli tasodiq tufayli hech kimga zarar yetmadi, ishlar to‘xtatildi", - deyilgan Tojikiston rasmiy xabarida. 

Kg.24 agentligi xabariga ko‘ra,  Qirg‘iziston chegarachilari o‘z vakolati doirasida harakat qilgan. 

"Voqea joyiga yetib kelgan chegara otradi, chegaraning belgilanmagan qismida ishlarni to‘xtatishni talab qilgan. Lekin Tojikiston fuqarolari bunga bo‘y so‘nmagan va gap talashish boshlangan. Harbiylar sog‘ligini saqlab qolish va mojaro kengayib ketishini oldini olish maqsadida chegarachilar osmonga o‘q uzishdi. Hozir ushbu huddudda ishlar to‘xtatilgan", - deyilgan Qirg‘iziston tomon rasmiy xabarida. 

Ayni damda Tojikiston va Qirg‘iziston tomon chegara xizmatlari va Ijroiya qo‘mitalari orasida ushbu hudud borasida muzokaralar olib borilmoqda.