Qaysi qon guruhi COVIDga ko‘proq chalinishi ma’lum bo‘ldi - virusolog

Jamlangan statistik ma’lumotlarga ko‘ra koronavirus bilan kasallanganlar orasida eng ko‘p uchraydigani - II guruh va eng kam uchraydigani bu - I guruh.
Sputnik

TOShKENT, 26 okt – Sputnik. Qaysi qon guruhiga mansub kishilar COVIDga chalinishi aniqlandi, dedi Sputnik muxbiriga tibbiyot fanlari doktori, shifokor- virusolog, professor Anatoliy Altshteyn.

“Darhaqiqat ikkinchi qon guruhi – yuqori riskli guruh hisoblanadi: kasallikka chalinganlarning katta qismi – ikkinchi qon guruhiga mansub kishilardir”, - dedi professor.  

O‘tkazilgan statistik izlanishlarga ko‘ra, zaralanganlar eng kam uchraydigan qon guruhi, bu - birinchi guruh.

Shifokor aytishiga ko‘ra, ushbu statistik ma’lumotlar faqat koronavirusga chalinish bilan bog‘liq va qon guruhlarining boshqa xususiyatlarini aks ettirmaydi.

Eslatib o‘tamiz, dunyoda birinchi va ikkinchi qon guruhlari eng keng tarqalgan qon gurhlari hisoblanadi 35% va 45 %,  uchinchi guruh – 15 %, 4 guruh – 5%.

Shifokor- virusolog Anatoliy Altshteyn bilan to‘liq suhbatni quyida tinglash mumkin.

Qaysi qon guruhi COVIDga ko‘proq chalinishi ma’lum bo‘ldi - virusolog