“Yaqinda ko‘rishamiz, kaltafahm”: Ferguson yana Nurmagomedovni haqorat qildi

Amerikalik aralash yakkakurash bo‘yicha jangchi Toni Ferguson rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedovga nisbatan yana haqoratli so‘zlarni aytdi.
Sputnik

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Amerikalik aralash yakkakurash bo‘yicha jangchi Toni Ferguson rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedovga nisbatan yana haqoratli so‘zlarni aytdi. Sport RIA Novosti xabariga asosan.

Shu yillarda sportchilar o‘rtasida jang besh marotaba bekor qilingandi.

O‘tgan shanba kuni Nurmagomedov amerikalik Jastin Getji ustidan g‘alaba qozondi va jangdan so‘ng MMAdagi faoliyatini yakunlashini e’lon qildi.

“Yaqinda ko‘rishamiz, kaltafahm”, - deb yozdi Ferguson Instagram-stories’da.

Toni Ferguson ayni vaqtda UFC yengil vazn divizionida 3-o‘rindda. Avval u ushbu toifada vaqtinchalik chempionlik kamari sohibi bo‘lgan.

Shu yilning may oyida UFC-249 musobaqa doirasida Toni Ferguson Jastin Getjiga mag‘lub bo‘lgandi.