“Sputnik V” vaksinasini yana bir ishlab chiqaruvchisi ro‘yxatga olindi

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi “Sputnik V” vaksinasining yana bir ishlab chiqaruvchisini ro‘yxatga oldi.
Sputnik

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi “Sputnik V” vaksinasining yana bir ishlab chiqaruvchisi – “Generium” kompaniyasini ro‘yxatga oldi.

Rossiyada "korona"ga qarshi 3-vaksina yaratildi - video

Bundan avval preparatni ro‘yxatga olish guvohnomasiga Gamaleya epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi “Medgamal” filiali va “Binnofarm” kompaniyasi kiritilgan edi.

Yangi ishlab chiqarish maydonlari ishlab chiqarilayotgan vaksina hajmini sezilarli darajada oshiradi.

Avgustda SSV Gamaleya elektrokimyo tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan COVID-19ning oldini olish uchun dunyodagi birinchi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazgandi. Uni “Sputnik V” deb nomlashdi.

Oktabr oyida Rospotrebnadzorning Vektor markazida yaratilgan yana bir mahalliy “EpiVakKorona” preparati ro‘yxatdan o‘tkazildi. Shuningdek, hozirgi vaqtda Rossiya Fanlar akademiyasining Chumakov nomidagi immunobiologik preparatlarni tadqiq qilish va rivojlantirish markazidan vaksina klinik sinovlardan o‘tmoqda.

Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashkoning so‘zlariga ko‘ra, ommaviy emlash katta ishlab chiqarish hajmlari ishga tushirilgandan so‘ng boshlanadi. Bu bepul bo‘ladi.

Sanoat va savdo vazirligi rahbari Denis Manturov Rossiyada “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish hajmlarini yil oxiriga qadar bir yarim million dozaga yetkazish rejalashtirilganligini ma’lum qilgandi.