O‘zbekistonda koronavirus: 26-oktabr asosiy xabarlari

Sutka davomida 189 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 65 577 nafarni tashkil qilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Bir sutka davomida 189 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 65 577 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 89 nafari Toshkent shahrida, 8 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

“Sputnik V” vaksinasini yana bir ishlab chiqaruvchisi ro‘yxatga olindi

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 127 nafar bemor tuzaldi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 62 742 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foiz.

Ayni paytda 2 283 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 552 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Go‘sht narxi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi sentabrda kuzatilgan inflyatsiya darajasi haqida ma’lumotlarida go‘sht qimmatlashiga sabab bo‘lgan omillarni sanab o‘tdi.

Asosiy sabablar:

- yem-xashak bazasi uchun xom ashyo, xususan, paxta xomashosi, po‘stloq va yem aralashmasi zaxiralarining mavsumiy kamayishi. Bu o‘z navbatida, mazkur mahsulotlarning birja narxlarining mos ravishda 17, 21 va 27 foizga oshishiga olib keldi;

- Qozog‘iston tomonidan o‘rnatilgan eksport cheklovlari tufayli qoramol importini qisqarishi;

- 2020-yilning avgust oyi o‘rtalarida karantin cheklovlarining olib tashlanganidan so‘ng, faoliyatini tiklagan ommaviy ovqatlanish korxonalarining go‘sht va go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talabining oshishi.

Koronavirusga qayerda test topshirish mumkin?

Shu bilan birga, yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda 1840 ming tonna (tirik vaznda) go‘sht ishlab chiqarilgan (o‘tgan yil mos davriga nisbatan 2,2 foizga ko‘proq). Bundan tashqari, yanvar-sentabr oylarida 14 ming tonna mol go‘shti va 20 ming tonna tovuq go‘shti import qilingan.

Zamonamiz qahramonlari

Kronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar sharafiga ulkan tasviriy san’at asari (mural) yaratildi.

Asar Yangi Sergeli va Lutfkor ko‘chalari kesishmasida paydo bo‘ldi.      

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 43,3 milliondan oshdi, 1,2 million ortiq kishi vafot etdi, 31,9 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (8,9 mln), Hindistonda (7,9 mln), Braziliyada (5,4 mln).