TOShKENT, 26 okt - Sputnik. Bugun erta tongda tojik-qirg‘iz chegarasining Farg‘ona viloyatiga yaqin hududida zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda FVV matbuot xizmati.
"2020 yil, 26-oktabr Toshkent vaqti bilan 08:10 da (Grinvich bo‘yicha 03:10 da) Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida zilzila sodir bo‘ldi", - deyilgan xabarda.
Zilzila markazidan turli uzoq bo‘lgan shaharlarda quydagicha qayd etilgan:
Farg‘ona: 99 km, 4 ball.
Andijon: 152 km, 3 ball.
Namangan: 168 km, 3 ball.
Toshkent: 292 km, 2 ball.
Guliston: 276 km, 2 ball.
Jizzax: 341 km, 2 ball.
Samarqand: 411 km, 2 ball.
Zilzila koordinatalari: 39,49 gradus shimoliy kenglik; 71,75 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,9. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 292 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.