Farg‘onada voyaga yetmagan haydovchi piyodaning umriga zomin bo‘ldi

Quva tumanida voyaga yetmagan haydovchi yo‘l chetida turgan piyodani urib yubordi. Piyoda hodisa joyida halok bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Farg‘ona viloyati Quva tumanida voyaga yetmagan haydovchi piyodani urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qilmoqda.

Yo‘l-trasnport hodisasi 21-oktabr kuni O‘rta xo‘ja Hasan ko‘chasida ro‘y bergan. “Nexia-2” mashinasini boshqarib ketayotgan voyaga yetmagan haydovchi yo‘l chetida turgan piyoda Q.Z.ni urib yuborgan. Natijada piyoda tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Farg‘onada voyaga yetmagan haydovchi piyodaning umriga zomin bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

YHXBB 16 yoshdan mashina haydashga ruxsat berish taklifiga munosabat bildirdi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.