Ertadan dollar kursi pasayadi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 11,88 so‘mga pasayadi.
Sputnik

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 27-oktabrdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 11,88 so‘mga pasayib, 10 359,88 so‘m tashkil qiladi.

Yevro esa 132,15 so‘mga pasayadi va 12 285,78 so‘mni tashkil qiladi.

Rossiya rubli 2,92 so‘mga ko‘tarilib, 136,11 co‘mni tashkil qiladi.