Eng ko‘p ajralish qaysi hududda qayd etildi

Respublika bo‘yicha 9 oyda eng ko‘p ajrimlar soni bo‘yicha Toshkent shahrida kuzatildi. Eng kam Navoiy viloyatida qayd etilgan.
Sputnik

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. 2020-yilning 9 oyida respublika bo‘yicha 19 970 ta ajrim holatlari qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3 608 taga kam.

Avgust oyida eng ko‘p tug‘ilish qaysi viloyatda qayd etildi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 9 oy mobaynida FHDYo organlarida qayd etilgan ajrimlar soni bo‘yicha Toshkent shahri – 2746 ta, Andijon – 2271 ta, Toshkent – 2074 ta, Samarqand – 2058 ta va 1988 ta bilan Farg‘ona viloyatlari yuqori o‘rinni egallagan.

Respublika bo‘yicha 9 oyda eng kam ajrim holatlari Navoiy (669 ta) viloyatida qayd etilgan.

O‘zbekistonda ota-onalar farzandlariga eng ko‘p qanday ism qo‘yishmoqda?

Eslatib o‘tamiz, avvalroq avgust oyida respublika bo‘yicha eng ko‘p nikoh 5035 ta qayd bilan Farg‘ona viloyatida kuzatilgani xabar qilingan edi.