Maktab bitiruvchilarining 6-yillik baholari OTMga kirishda inobatga olinadi

Xalq ta’limi vaziri O‘zbekistonda maktab bitiruvchilarining 6-yillik baholari OTMga kirish imtihonida inobatga olinishini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 25 okt — Sputnik. O‘zbekistonda maktab bitiruvchilarining 6-yillik baholari OTMga kirish imtihonida inobatga olinadi. Bu haqda xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov AOKAdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

O‘qituvchilarning oylik maoshi 10 milliongacha oshiriladi - Shermatov

Shermatovning ta’kidlashicha, bu prezident topshirig‘i va farmon loyihasida o‘z aksini topadi.

“O‘quvchi maktabda 11-yil o‘qiyapti, lekin taqdiri bir kunda hal bo‘lyapti. Balki, o‘sha kuni kasal bo‘lgandir, balki yaxshi uxlamagandir. Shu bois Prezidentimiz bu bo‘yicha topshiriq berganlar, o‘quvchilarning maktabda olgan baholari, ya’ni oxirgi olti yillik natijalari inobatga olinadi”, — vazir.

Qayd etilishicha, 7-sinf bitiruvchilarini professional tashxislash orqali kasbiy moyilligi aniqlanadi. Umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun kichik mutaxassisliklar bo‘yicha qisqa muddatli kurslar tashkil qilinadi, maktab bitiruvchilari shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan kasb va lavozimlar belgilanadi.